• Abdulhay Karimov - To'y bola

    Abdulhay Karimov

    To’y bola

    Tol yog`ochdan qamchi qilar, ot qilar,
    Dadasini yomon desang, dod qilar. (x2)
    Sergaplikda kampirlarni mot qilar, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Yaxshi ko`rib o`ynagani qum bo`lar,
    Ayasining yonida bir zum bo`lar. (x2)
    Tug`ilibon dadasiga dum bo`lar, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Yaxshi ko`rar ammasiyu xolasi,
    Deyishadi: jigarimning bolasi. (x2)
    To`ylariga novvos boqar tog`asi, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Yarashadi yig`lasa ham, kulsa ham,
    Goh erkalab, goh tumtayib tursa ham. (x2)
    Uyat bo`lmas ishton kiymay yursa ham, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Dadasining armonlarin o`ldirar,
    Ayasining sandiqlarin to`ldirar. (x2)
    O`rtoqlarin nisholdaga to`ydirar, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Katta bo`lib o`zi topar nonini,
    Vataniga fido qilar jonini. (x2)
    Tiklar yana O`zbeklarning shonini, {x2}
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Taxoratsiz yurmas endi shu kundan,
    Joynamozni olib bering tugundan. (x2)
    Muhammadga ummat bo`ldi bugundan,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola. (x2)

    Shirin bola (shakar bola),
    Asal bola (shirin bola).
    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Toychoq bo`lib chopib yurgan to`y bola.

    Shirin bola, shakar bola, toy bola,
    Muhammadga ummat bo`lgan-ey boy bola.