Abdulla Qurbonov - Aldab nima qilarsan

Abdulla Qurbonov

Aldab nima qilarsan

Ko’nglim kimda, bilarsan,
Nozlanasan, kularsan.
Gohi gina qilarsan,
Gohi dilim tilarsan.

Bilmaymanmi sevishingni,
Yolg’iz meni deyishingni?
Meni deb o’ksib qo’yishingni,
Men deb yonib-kuyishingni.

Suygan bitta menmasku,
Kuygan bitta menmasku,
Muhabbat bir kunmasku,
Aldab nima qilarsan? (x2)

Dil yorib dugonangga,
Rasmim ilib xonangga,
Sevmayman, deb onangga,
Intizorsan-ku menga.

Araz qilib necha bor,
Sevgisizlikda takror,
Ayblaysan meni, Qahhor,
Aldaysan meni makkor.

Suygan bitta menmasku,
Kuygan bitta menmasku,
Muhabbat bir kunmasku,
Aldab nima qilarsan? (x2)

Muhabbat bir kunmasku,
Aldab nima qilarsan? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aldab nima qilarsan
Xonanda:
Abdulla Qurbonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 28, 2015