• Abdulla Qurbonov - Bilarmisan

    Abdulla Qurbonov

    Bilarmisan

    Yuragimda bir so`z yotar seni o`ylab,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?
    Seni o`ylab kechalari men bedorman,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?

    Senga atab kuylar yozsam, g`azal yozsam,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?
    Soyasi yoq sahro bo`ldim, sensiz jonim-ey,
    Ishqingda har balo bo`ldim, go`zal yorim.

    Yuragimda bir so`z yotar seni o`ylab,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?
    Seni o`ylab kechalari men bedorman,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?

    Layli bo`lsang – Majnuningman, go`zal yorim,
    Zuhro bo`lsang – Tohiringman, go`zal yorim.
    Kumush bo`lsang – Otabekman, go`zal yorim,
    Sen uchun har narsaga tayyorman, jonim.

    Bu yurtning iffatli kelini bo`lgin,
    Xonadonim fayzi, farishtasi bo`lgin.
    Onamning go`zal kelini bo`lgin,
    Qalbimning xumori bo`lgin, go`zal yorim.

    Yuragimda bir so`z yotar seni o`ylab,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?
    Seni o`ylab kechalari men bedorman,
    Bilarmisan go`zal yorim, bilarmisan?