Boshimga ish tushganida,
Omad qushi uchganida,
Do’stu yor ham kechganida,
Panoh bo’lgan onajonim.

Dilda pinhon g’amlarimdan,
Kiprikdagi namlarimdan,
Ko’nglimdagi kamlarimdan
Ogoh bo’lgan onajonim.

Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.

Qatordan kam bo’lmasin, deb,
G’uncha payti so’lmasin, deb,
Mendan oldin o’lmasin, deb,
Duo qilgan onajonim.

Bu kunlar ham o’tar, degan,
Dard-alamlar ketar, degan,
Bolamni baxt kutar, degan,
Qadrim bilgan onajonim.

Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonim
Xonanda:
Abdulla Qurbonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 23, 2015