Abdulla Ubaydullaev - Sen yo'qsan

Abdulla Ubaydullaev

Sen yo’qsan

Tong otadi, sen yo’qsan,
Kun botadi, sen yo’qsan,
Tunda daydi xayollar
Uyg’otadi, sen yo’qsan. (x2)

Dilim tanho, zor yig’lar,
Yurakda bir or yig’lar,
Kimdir intizor yig’lar,
Kim kutadi, sen yo’qsan. (x2)

Meni xayol aldaydi,
Ammo umid qo’llaydi,
Dilda armon gullaydi,
Dard yutadi, sen yo’qsan.

Tong otadi, sen yo’qsan,
Kun botadi, sen yo’qsan,
Tunda daydi xayollar
Uyg’otadi, sen yo’qsan. (x2)

Bag’rimda yongan cho’g’san,
Baxtimga nishon, o’qsan,
Bir kuni bor dunyoyim
Unutadi, sen yo’qsan. (x2)

Meni xayol aldaydi,
Ammo umid qo’llaydi,
Dilda armon gullaydi,
Dard yutadi, sen yo’qsan.

Tong otadi, sen yo’qsan,
Kun botadi, sen yo’qsan,
Tunda daydi xayollar
Uyg’otadi, sen yo’qsan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen yo’qsan
Xonanda:
Abdulla Ubaydullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2015