Ko`nglingdan o`tsam-o`tmasam,
Qo`lingdan tutsam-tutmasam,
Vaslingga yetsam-yetmasam,
Seni deb yashayman dunyoda. (x2)

Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin,
Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin. (x2)

Tuyolmay soching bo`yini,
Tingladim Majnun kuyini.
Bilmay taqdirning o`yini,
Seni deb yashayman dunyoda. (x2)

Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin,
Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin. (x2)

Gullarsiz bahor ham bahormi?
Zilolsiz anhor ham anhormi?
Sochlaring arg`amchi yo dormi?
Seni deb yashayman dunyoda.

Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin,
Bir shirin, seni o`ylamoq bir shirin. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir shirin
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016