• Abdurashid Yo'ldoshev - Bog' ko'cha

    Abdurashid Yo'ldoshev

    Bog’ ko’cha

    Bog` ko`chadan ikkalamiz yurib borgan kechalar,
    Bir nigohdan, bir havodan nafas olgan kechalar.
    Ne qilayki, endilikda bog` ko`chalar buzildi,
    Bog` ko`chalik ul hamrohim begonaga yor bo`ldi-ey.
    Shu suluvda ko`zim qoldi-ey, dod-ey,
    Aytolmadim, so`zim qoldi.

    Xohu qishdir, xohu bahor, yo`llariga zor edim,
    Bu jonimni poyondozdek poyiga to`shar edim.
    Endi xayol olib ketar kechalar-u ertalar,
    Suluvimning sochin silab, begonalar erkalar.
    Shu suluvda ko`zim qoldi-ey, dod-ey,
    Aytolmadim, so`zim qoldi.

    Bog` ko`chaning devorlari sirdosh edi, ogohim,
    Endilikda sirdosh emas, qo`lda torim hamrohim.
    O`tar umrim, sarhisobin bilolmayman o`zim ham,
    Shu suluvdan o`zgasini ko`rolmaydi ko`zim ham.

    Shu suluvda ko`zim qoldi-ey, dod-a,
    Aytolmadim, so`zim qoldi.
    Shu suluvda ko`zim qoldi-ey, dod-a,
    Aytolmadim, so`zim qoldi.

    Aytolmadim, so`zim qoldi… {x2}