Abdurashid Yo'ldoshev - Boshqalarda yo'q

Abdurashid Yo'ldoshev

Boshqalarda yo’q

Qandayin chiday, yuragimda cho`g`, {x2}
Sendagi chiroy boshqalarda yo`q. {x2}
Xayolimdasan, uyqu bermaysan, {x2}
Sendagi kulgu boshqalarda yo`q. {x2}

Qandayin chiday, yuragimda cho`g`,
Sendagi chiroy boshqalarda yo`q.

Sendagi sehr, sendagi qahr,
Sendagi mehr, oh, boshqalarda yo`q. (x2)
Baxtimga faqat bo`lgin salomat, {x2}
Sendagi qomat boshqalarda yo`q. {x2}

Xayolimdasan, uyqu bermaysan, {x2}
Sendagi kulgu boshqalarda yo`q. {x2}
Qandayin chiday, yuragimda cho`g`,
Sendagi chiroy boshqalarda yo`q.

Menga ko`ngling och, go`zal qaldirg`och, {x2}
Senday sumbulsoch boshqalarda yo`q. {x2}
Ko`zlarimda yosh, buncha bag`ring tosh,
Senday qalamqosh boshqalarda yo`q. {x2}

Xayolimdasan, uyqu bermaysan, {x2}
Sendagi kulgu boshqalarda yo`q. {x2}

Unutma erkam, dunyodir bir kam, {x2}
Mendagi ishq ham boshqalarda yo`q! {x2}

Boshqalarda yo`q…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boshqalarda yo’q
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2016