Bahorning guli lola,
Gul bo`lib, guldir barno,
Ko`nglimning yolg`iz guli
Sen, Gulira’no. (x2)

Qoshing qaroligi rost,
Qalbim yaroligi mos,
Kiyibsan guldan libos
Sen, Gulira’no.

Gulira’no, yolg`izim sen, Gulira’no,
Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira’no. (x2)

Jon qiynaldi firoqda,
Ikkimiz ikki yoqda.
Ketma tashlab yiroqqa sen, Gulira’no,
Yolg`izim sen, Gulira’no.

Gulira’no, yolg`izim sen, Gulira’no,
Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira’no. (x2)

Yolg`izim sen, yolg’izim,
Olding aqlu es-hushim,
Ko`ksimdagi jon qushim
Sen, Gulira’no.

Bo`lma hayron, bo`lma lol,
G`uncha labing chashmi bol,
Bunchalar sen sohibjamol,
Sen, Gulira’no.

Qoshing qaroligi rost,
Qalbim yaroligi mos,
Kiyibsan guldan libos
Sen, Gulira’no.

Gulira’no, yolg`izim sen, Gulira’no,
Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira’no. (x2)

Ko`nglimning yolg`iz guli sen, Gulira’no…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulira’no
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 20, 2016