Kipriging titrasa, bitta ko’ray man,
Atringdan adoyu, tamom bo’lay man.
Sensiz yasholmasam nima qilay man?
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man?

So’zingdan jonimga titroq yugursa,
Seni deb har kun bir tomir uzilsa, (x2)
Ko’nglim ostonangda yig’lab o’tirsa, (x2)
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)

Kel, bitta ko’ray man,
Tamom bo’lay man, nima qilay man?
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)

Ko’zlaring aldadi, aldandim faqat,
Ko’nglimda dard bilan yig’lar muhabbat, (x2)
Sen duo qilmasang bo’lmas ijobat,
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)

Kel, bitta ko’ray man,
Tamom bo’lay man, nima qilay man?
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man? (x2)

Tovonga botsa tosh, tegmagin menman,
Soyangdan yuz burib ketmagin menman,
Olovdan yuz burib ketmagin menman,
Ayt, seni sevmasam, kimni sevay man?

Kel, bitta ko’ray man…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kimni sevay
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 15, 2014