• Olovlar kechay so`zlaring uchun,
    Og`ular ichay ko`zlaring uchun. (x2)
    Ishqingda yona, o`zimdan tona,
    Bo`ldim devona ko`zlaring uchun,
    Ko`zlaring uchun.

    Dunyolar go`zal, qiynog`ing afzal,
    Bitayin g`azal ko`zlaring uchun.
    Ishqingda yona, o`zimdan tona,
    Bo`ldim devona ko`zlaring uchun.

    Tog`dagi ohu uyalar gohi,
    Yurakning dog`i ko`zlaring uchun.
    Yuribman sarson, atrofim xazon,
    Yolg`izman hamon ko`zlaring uchun.

    Dunyolar go`zal, qiynog`ing afzal,
    Bitayin g`azal ko`zlaring uchun.
    Ishqingda yona, o`zimdan tona,
    Bo`ldim devona ko`zlaring uchun.

    Oshig`ing bedor, chekib ko`p ozor,
    Har nega tayyor ko`zlaring uchun. (x2)
    Ishqingda yona, o`zimdan tona,
    Bo`ldim devona ko`zlaring uchun,
    Ko`zlaring uchun.

    Dunyolar go`zal, qiynog`ing afzal,
    Bitayin g`azal ko`zlaring uchun.
    Ishqingda yona, o`zimdan tona,
    Bo`ldim devona ko`zlaring uchun.

    Ko`zlaring uchun… Ko`zlaring uchun…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.