Abdurashid Yo'ldoshev - Mastonaginangman

Abdurashid Yo'ldoshev

Mastonaginangman

Qaydan bu ayriliq?
Sensizlikdan dil yondi.
Axtarar seni ko’zim,
Sen qaydasan, sen?

Yuragim notinch,
Tinch qo’ymaydi hech sog’inch.
Dildan yo’qoldi sevinch,
Sen qaydasan, sen?

Mastonaginangman,
Hayronaginangman,
Devonaginangman,
Sen qaydasan, sen? (x2)

Topib gul chamanlardan,
Nomi ishq maskanlardan,
Izladim, izladim tumanlardan,
Sen qaydasan, sen?
Izladim tumanlardan,
Sen qaydasan, sen?

Mastonaginangman,
Hayronaginangman,
Devonaginangman,
Sen qaydasan, sen? (x2)

Nurdek toza dil eding,
Shirin so’zli dil eding,
Oppoq atirgul eding,
Sen qaydasan, sen?

Yuragim notinch,
Tinch qo’ymaydi hech sog’inch.
Dildan yo’qoldi sevinch,
Sen qaydasan, sen?

Mastonaginangman,
Hayronaginangman,
Devonaginangman,
Sen qaydasan, sen? (x2)

Qaydan bu ayriliq…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mastonaginangman
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2016