Ko`nglima tushdi ozor
Qaddi tamannosidan,
Hajri baland sitamkor,
Gul yuzli zebosidan. (x2)

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Qoldim hajr dog`ida,
Ayriliqning bog`ida. (x2)
Kelmasmi tong chog`ida
Hol so`rab gadosidan? (x2)

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Ishvayu noz belgisi,
Jonim olar kulgusi, (x2)
Sadoiy tuzalgusi
Shu qizning imosidan. (x2)

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Nozi qoldi yuragimda,
Yodi qoldi so`rog`imda, (x2)
Nolayu firog`imda.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nozi qoldi
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2016