Dunyoda topmadim sizday qadrdon,
Sizdayin mehribon, mehri chin inson. (x2)
Yuragim qa’ridan kelar bir sado:
Boringizga shukur, otajon!

Nur yog`ilar yuzlaringizdan,
Giyoh unar izlaringizdan,
Ming ma’no so`zlaringizdan,
Boringizga shukur, otajon. {x2}

Beqiyos mehrdan qasrlar qurgan,
Dard tortsam, tunlari boshimda turgan,
Bir bora oh desam, faryodlar urgan,
Boringizga shukur, otajon.

Mudom duodasiz – egilmas boshim,
Hayot yo`llarida to`kmayman yoshim.
Boshimda porlagan yorug` quyoshim,
Boringizga shukur, otajon.

Nur yog`ilar yuzlaringizdan,
Giyoh unar izlaringizdan,
Ming ma’no so`zlaringizdan,
Boringizga shukur, otajon. {x2}

Otajon, o`glingizning omadi kuldi,
Siz qilgan duolar ijobat bo`ldi.
Endi davron suring, {x2} davringiz keldi,
Boringizga shukur, otajon.

Nur yog`ilar yuzlaringizdan,
Giyoh unar izlaringizdan,
Ming ma’no so`zlaringizdan,
Boringizga shukur, otajon. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otajon
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017