Zabun holimni, ey dilbar,
Tomosho qil, tomosho qil.
Etib vaslingga zor-u zor,
Tomosho qil-ey, tomosho qil. (x2)

G’azalmas, bu fig’onimdir,
Ostonang oshiyonimdir.
Saharlarda bo’lib bedor,
Tomosho qil, tomosho qil.

Saharlarda bo’lib bedor,
Tomosho qil-ey, tomosho qil.

Bekor ketdi arzu hollar,
Bekor ketdi tavallolar. (x2)
Etib barcha so’zim inkor,
Tomosho qil, tomosho qil. (x2)

Asiring-u adoingman,
Kutib yo’lingda doimman. (x2)
Ezib, aylab xor-u zor,
Tomosho qil, tomosho qil. (x2)

Zabun holimni, ey dilbar,
Tomosho qil, tomosho qil.
Etib vaslingga zor-u zor,
Tomosho qil, tomosho qil.

Tomosho qil, tomosho qil,
Tomosho qil-ey, tomosho qil.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tomosho qil
Xonanda:
Abdurashid Yo'ldoshev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2016