• Abdurashid Yo'ldoshev - Xabaring yo'q

    Abdurashid Yo'ldoshev

    Xabaring yo’q

    Yorim, xabaring yo’q,
    Mandan xabaring yo’q,
    Ko’nglimni yorit desam, yorim-a,
    Afsus, xabaring yo’q. (x2)

    Vasling kuni deb yonsa ham
    Joni omoning bor, yorim xabaring yo’q.
    Mushtoq bo’libon yo’lingga
    Rangi somoning bor, aslo nazaring yo’q.

    Gulgun yuzingga maftun bo’lib,
    Qolmadi toqat, ko’nglimda farog’at.
    Desamki, yorim man kabi zulmat
    Osmoning bor, afsus qamaring yo’q.

    Yorim, xabaring yo’q,
    Aslo nazaring yo’q,
    Ko’nglimni yorit desam, yor-ay,
    Afsus, xabaring yo’q. (x2)

    Soching torini bog’lab olib
    Bo’ynima mahkam man oshig’i bekam,
    Yursam shodimon, o’q otdi
    Qosh-u kamoning bor, ammo zararing yo’q.

    Kunduz boqayin oy yuzingga
    Desamki takror, bo’lgandim umidvor.
    Bundoq qarasam, shoming ayon
    Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo’q?

    Bundoq qarasam, shoming ayon
    Ham xuftoning bor-a, nechun saharing yo’q?

    Yorim, xabaring yo’q,
    Aslo nazaring yo’q,
    Ko’nglimni yorit desam, yor-a,
    Afsus, xabaring yo’q. (x2)

    O-o, nozing alami jondan o’tib,
    Qonga ulandi-ya, so’ng ayladi bandi,
    G’amzang mayida jonni o’rtovchi
    Nordoning bor, qandu shakaring yo’q.

    Holimni ko’rib ketsang desang,
    Chiqib jon kabi, chaqsang chayon kabi,
    Yorim, Botirni o’ldirmoqqa
    Ming imkoning bor, garchi zaharing yo’q.

    Yorim, xabaring yo’q,
    Aslo nazaring yo’q,
    Ko’nglimni yorit desam, yorim-a,
    Afsus, xabaring yo’q. (x2)

    Yorim, xabaring yo’q,
    Yorim, xabaring yo’q…