Abdurauf Olimov - Bu turfa gullar ayting

Abdurauf Olimov

Bu turfa gullar ayting

Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog`idanmu?
Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu? (2x)

Bosib bir dasta gulni
Bag`riga, keldi dilbar, (x2)
Gullardagi qizillik
Yolg`izlik dog`idanmu? (x2)

Ko`zimga bir jahondek
Ko`ringay yor chiroyli,
Ko`nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog`idanmu?

Ko`nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog`idanmu?

Gohida kelmayin yor
Etganidan intizor, (x2)
O`ynar tanamga sig`may
Yurak, qiynog`idanmu? (x2)

Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog`idanmu?
Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu?

Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu?

Оlmosli tog`idanmu? {x5}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu turfa gullar ayting
Xonanda:
Abdurauf Olimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 28, 2016