• Abduvali Rajabov - Arazlamang qo'shiq matni, lyrics

    Abduvali Rajabov

    Arazlamang

    Atirgullar terdim bugun yor uchun,
    Yo`l oldim men unda ko`nglim bor uchun.
    U esa mendan xafa bugun ne uchun?
    Arazlamang, bo`ldi jonim, bas yetar.

    Mendan o`tgan bo`lsa bordir bir xato,
    Shu xato deb endi qilmang ming ado.
    Siz tomonga yuragimdan bir nido:
    Arazlamang, jonim bo`ldi, bas yetar.

    Arazlamang, jonim bo`ldi, bas yetar,
    Bir kulsangiz, dardu-alam tark etar. (x4)

    Kutaverib bardoshlarim qolmadi,
    Sizni ko`rmay kunlarim hech o`tmadi.
    Ko`z oldimdan chiroyingiz ketmadi,
    Arazlamang, jonim bo`ldi, bas yetar.

    Sog`inchimga tunda guvoh yulduzlar,
    Bizga qarab qilsin hamma havaslar.
    Yarashmaydi sizga bunday arazlar,
    Arazlamang, jonim bo`ldi, bas yetar.

    Arazlamang, jonim bo`ldi, bas yetar,
    Bir kulsangiz, dardu-alam tark etar. (x4+x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.