• Abduvali Rajabov - Ayt nechun

    Abduvali Rajabov

    Ayt nechun

    Yolg`iz kechalar sog`inch to`ldi qalbimga,
    Yursam, yulduzlar nur sochmadi yo`limga.
    Qorong`u osmon ko`chdi dilimga,
    Dengizdek armon joylandi ko`nglimga.

    Ayt nechun, ne uchun tark etding jonim meni,
    Sen uchun, sen uchun baxsh etsam hayotimni?
    Ayt nechun, ne uchun tark etding jonim meni,
    Hech qachon tark etolmassan yuragimni.

    Sening surating chizilgandir ko`zimga,
    Borgani bir joy topolmasman o`zimga.
    Tonglarim otmas, ishon so`zimga,
    Yetmasman sensiz, sevgim, yulduzimga.

    Ayt nechun, ne uchun tark etding jonim meni,
    Sen uchun, sen uchun baxsh etsam hayotimni?
    Ayt nechun, ne uchun tark etding jonim meni,
    Hech qachon tark etolmassan yuragimni.