Abduvali Rajabov - Bevafo yor

Abduvali Rajabov

Bevafo yor

Alam yondirmoqda meni o’t bo’lib,
Aldandim soxta ekan dil so’zlaring.
Nega menga umid berding sevib?
O’zga bor ekan ko’nglingda sening.

Bilganimda o’zga sevgingni ko’rib,
Senga qalbim sirlarin ochmasmidim.
Senday qizga erisholmasman deya,
Taqdir ekan deb, ko’nglim uzarmidim.

Bevafo yor deymu seni,
Beparvo yor deymu seni,
Muloyim, bol shirin so’zli,
Bemehr yor deymu seni? (x2)

Agar ko’rmay qolsam seni men bir kun,
Sog’inardim bir yillab ko’rmaganday.
Qanday endi seni ko’rmay bir umr
Yashayman sensiz hayot to’xtar butkul?

Mag’rursan, unutgansan va’dalaring,
Go’zal yuzingdir ishonganing.
Qayda qoldi bu mehr-vafo, jonim,
Naxot o’yin bo’lsa bu sevgim, jonim?

Bevafo yor deymu seni,
Beparvo yor deymu seni,
Muloyim, bol shirin so’zli,
Bemehr yor deymu seni? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafo yor
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 6, 2014