Abduvali Rajabov - Bir juft yurak

Abduvali Rajabov

Bir juft yurak

Chiroyli ikki gul bir bog’ ichida
Bir-biriga qarab ochilar edi.
O’sha gul biri sen, biri men bo’laman,
Seni mendan jonim, taqdir olsa ham.
Sen men uchun doim yagonam, yolg’izim,
Bir umrga sevgim bo’lib qolasan.

Sevgi og’ushida tun o’tar edi,
Nahot qaytmas hecham bu tunlar endi?
Gulim, qanot yozib uchding qayga?
Kimlarga aldanib mendan kechding?

O’sha gul biri sen, biri men bo’laman,
Seni mendan jonim, taqdir olsa ham.
Sen men uchun doim yagonam, yolg’izim,
Bir umrga sevgim bo’lib qolasan.

Qalbim qo’msab seni yuragim ezar,
Ko’zlarim har tomon bir seni izlar.
Nahotki biz aytgan va’dali so’zlar
Bir umr jonginam, dilda qolib ketar?

O’sha gul biri sen, biri men bo’laman,
Seni mendan jonim, taqdir olsa ham.
Sen men uchun doim yagonam, yolg’izim,
Bir umrga sevgim bo’lib qolasan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bir juft yurak
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 3, 2014