Abduvali Rajabov - Nafasim o'zing

Abduvali Rajabov

Nafasim o’zing

Yana tinmay, doimgiday,
Musaffo orzular kabi
Xayolimni egallaysan. (dilda borim)
Bir istagim – seni ko’rish ekanligin
Bilib turib,
Nega ayt, nega kelmaysan?

Sog’inganda yomon dardda
Yonishimni bilmading,
Bilib turib yo ataylab
Menga hech sezdirmading.

Izhorimni maktubimda,
Kabutarda yo’llayin,
Xayolingu o’ylaringni
Bir zumga o’g’irlayin.

Nafasim o’zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganimsan.
Nafasim o’zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganim sensan.

Mayin esar bu shamollar,
Boradi balki sen tomon,
Negadir men yetolmayman. (yetolmayman)
Bir daqiqa, bir soniya
Seni ko’rmay turib ishon,
Go’zalim men yasholmayman.

Hayotim sahifalari
Sen bilandir rang-barang,
Meni balki sehrlagan
Ovozingdagi jarang.

Majnuningni ham o’ylabon
Bir qadam bos men tomon,
Visoling umidi dilda,
Sog’inchlar qiynar hamon.

Nafasim o’zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganimsan.
Nafasim o’zing, nolalarimsan,
Eng tiniq orzudan yaralganim sensan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nafasim o’zing
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 16, 2014