Charog`on umrimning ziyosisan o`zing,
Hayotim mazmuni, ma’nosisan o`zing.
Senga yetsam deyman, ko`ngling olsam deyman,
Yoningda bir umr yoring bo`lsam deyman.

Qiynaysan bunchalar, sevaman qanchalar,
Bizga intizordir yulduzli kechalar.

Yor, baxtim o`ldirmagin,
Meni zor etmagin go`zal visolingga.
Yor, sevgim o`ldirmagin,
Azobga qo`ymagin, yo`l ber yuragingga.

Bir yonda ko`zlaring, bir yonda so`zlaring,
Aqlimdan ozaman bunday sog`inishdan.
O`tadi fasllar, kelmaydi javoblar,
Hecham to`yasanmi achchiq azoblashdan?

Qiynaysan bunchalar, sevaman qanchalar,
Bizga intizordir yulduzli kechalar.

Yor, baxtim o`ldirmagin,
Meni zor etmagin go`zal visolingga.
Yor, sevgim o`ldirmagin,
Azobga qo`ymagin, yo`l ber yuragingga. (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rad etma
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016