Olis yulduzlar tungi osmon uzra porlar,
Qaygadir ular sevgan ko’ngillarni chorlar,
Lekin jonginam, yoningga men borolmayman,
Dilda zorimni ayta olmayman.

Sevgi bog’larni kezganida daydi yillar,
Balki bizlarni eslashar ochilgan gullar,
Shu lahza jonim, yoningda men bo’lolmayman,
Lekin seni hech unutolmayman.

Qalbimda alam, ko’zlarimda nam,
Seni eslasam, seni eslasam.
Dildagi nolam tinmagay bir dam,
Seni eslasam, seni eslasam.

Men nechun sening ko’zlaringni sog’inaman?
Tunlari bedor ming olov ichra yonaman.
Endi bir umr vaslingga o’zim jonginam,
Yetolmasligim bilib tursam ham.

Sof sevgimizning qadriga yeta olmadik,
Ishq sinovidan balki biz o’ta olmadik,
Shu ekan taqdir, men unutmoqchi bo’laman,
Ko’ngilga buyruq bera olmayman.

Qalbimda alam, ko’zlarimda nam,
Seni eslasam, seni eslasam.
Dildagi nolam tinmagay bir dam,
Seni eslasam, seni eslasam. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni eslasam
Xonanda:
Abduvali Rajabov, Shoira Otabekova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 10, 2015