Qo`shiqlarim, kuylarimga
Maftun bo`lib o`zing topibsan.
Yuragingga toza tuyg`ular
Ichra mening ismim yozibsan.

Baxt-omadim shudir balki,
Yana mening bordir keragim.
Lekin senmas men kutgan yor,
Sen emassan mening tilagim.

Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o`zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.

Qo`ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko`rolmasman.

Ardoqlagin deyman o`zingni,
Yoshlamagin bekor ko`zingni.
Bilgin deyman, sevgin deyman,
Sevgi qadrin bilgan insonni.

Ne qilaman aldab yuzingga,
Og`ir olma hecham qalbingga.
Mening ham bir sevgim bor edi,
Qalbim bog`lab ketgan o`ziga.

Unut meni, arzimasman
Sening toza izhorlaringga.
Men o`zimni kechirolmasman,
Zarra ozor yetsa qalbingga.
Qo`ygin meni, arzimasman,
Senga dilim tutolmasman.
Bir bevafo tilgan qalbimni
Senga ravo ko`rolmasman. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unut meni
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016