Abduvali Rajabov - Yolg'izimsan

Abduvali Rajabov

Yolg’izimsan

Qalbimda esgan shamollar negadir
Izlab qolar faqat seni.
Tinchimni olgan xayollar negadir
Yodga solar ko`zlaringni.

Hayotimdan ketmagin bir zum ham,
Yuragimni qiynama, jonginam.

Yolg`izimsan sen mening qalbimda,
Xayolimda har doim sen borsan.
Yolg`izimsan sen mening bag`rimda,
Yuragimda faqat sen yashaysan.

Sen arazlasang yoki sen yig`lasang,
Armon qolar zor dilimda.
Mendan uzoqqa ketsang sen, yolg`izim,
Bag`rim yonar rashk o`tida.

Hayotimdan ketmagin bir zum ham,
Yuragimni qiynama, jonginam.

Yolg`izimsan sen mening qalbimda,
Xayolimda har doim sen borsan.
Yolg`izimsan sen mening bag`rimda,
Yuragimda faqat sen yashaysan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’izimsan
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016