Sen hayotimdagi eng yaqinim,
Sen o`zingsan mening borim,
Bilasanmi, seni qanchalar
Taqdirimdan so`ragandim.

Yashirganimsan dilimda,
Hayotning bedor chog`ida,
Bo`lsayding deb seni yonimda
Aynan o`zing.

Sen bilan ishonchli menga yanada,
Yolg`iz bo`lmay hayotda,
Sen bilan yetaman hamma orzuimga.

Yonimda, yonimda,
Yaxshi hamki borsan yonimda,
Yolg`iz quvonch sen o`zing,
Taqdirimdagi bor alamlarida.

Yonimda, yonimda,
Yaxshi hamki borsan yonimda,
Yupanchimsan, sevgilim,
Taqdirimdagi bor alamlarida.
Quvonchim, yupanchim,
Faqat sensan hayotimda.

Men bilaman bir kam bu dunyo,
Shu bilan bir kam bir dunyo,
Ezguligi hamon bu dunyo bebaho.
Men bilaman, taqdirimga shukur qilaman,
Tangrimga shukurlar qilaman,
Aynan o`zingni so`rasam, qildi ato.

Sen bilan ishonchli menga yanada,
Yolg`iz bo`lmay hayotda,
Sen bilan yetaman hamma orzuimga.

Yonimda, yonimda,
Yaxshi hamki borsan yonimda,
Yolg`iz quvonch sen o`zing,
Taqdirimdagi bor alamlarida.
Yonimda, yonimda,
Yaxshi hamki borsan yonimda,
Yupanchimsan, sevgilim,
Taqdirimdagi bor alamlarida.
Quvonchim, yupanchim,
Faqat sensan hayotimda. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yonimda
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 9, 2016