Abror Azizov - Kel gulim

Abror Azizov

Kel gulim

Kel gulim,
Xasta dilim, sensiz orom yo`q.
Kel gulim,
Yana hijron qiynar, davo yo`q.

Hajringda bir telba qadarman,
Ishqingda darbadarman,
Sensiz man ayt netaman?

Ko`zlarimga kelmaydi uyqu,
Bilmadim bu qandayin tuyg`u?
Bir kun ado bo`lar bu qayg`u,
Kelgin, senga mushtoqman gulim.

Tashlab meni firoqqa, ketma yiroqqa,
Solma jonim, qiynoqqa. (x2)
Senga mushtoqman, kel gulim,
Senga mushtoqman, gulim.

Kel gulim,
Xasta dilim, sensiz orom yo`q.
Kel gulim,
Yana hijron qiynar, davo yo`q.

Hajringda bir telba qadarman,
Ishqingda darbadarman,
Sensiz man ayt netaman?

Zulmatni yor, ziyoga bog`la,
Kelib biroz ko`nglimni chog`la.
Bag`ringga bos, mahkam quchoqla,
Kelgin, senga mushtoqman gulim.

Tashlab meni firoqqa, ketma yiroqqa,
Solma jonim, qiynoqqa. (x2)
Senga mushtoqman, gulim,
Senga mushtoqman, kel gulim.

Kel gulim,
Xasta dilim, sensiz orom yo`q.
Kel gulim,
Yana hijron qiynar, davo yo`q.

Hajringda bir telba qadarman,
Ishqingda darbadarman,
Sensiz man ayt netaman?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kel gulim
Xonanda:
Abror Azizov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2017