Bugun 17yu 25da uchib ketaman India,
Boshimga tushdi og`ir savdo,
Aytsam bo`lmaydi dardim ado,
Holimga kulmang, ey do`stu dushman,
Muhabbat og`ir savdo.

Kuni kecha oilamiz jam-jam,
Mahalla-ko`y, qo`ni-qo`shni ham-ham,
Yangi hind filmi bo`ldi tomosha ayvonda,
Oshiq bo`lib qoldim unda bosh qahramonga.

Ey go`zalim Puja, yetib boraman ertagacha,
Hindcha sari o`rab, meni chorla yorim ancha.
Hindcha va o`zbekcha tilda qo`shiq aytaveraman,
Otang Chopra sohib seni menga bermaguncha.

Puja, yetib boraman ertagacha,
Hindcha sari o`rab, meni chorla yorim ancha.
Hindcha va o`zbekcha tilda qo`shiq aytaveraman,
Otang Chopra sohib seni menga bermaguncha.

Mumbayda, Gujaratda, Jamnagarda yo`q,
Bangalorda, Mangolarda, Panjobda yo`q,
Gampur, Haydarobod, Jampur, Ahmadobod,
Izladim, Piruannantapuramda ham yo`q.

Holi, holi, holi, holi {x3}
Bayramida ham yo`q.

Pujamni izlab olam aro,
Vatanga qaytdim safar ado.
Bevafo go`zalni topmadim,
Ammo ajoyib qo`shiq paydo.

Ey go`zalim Puja, yetib boraman ertagacha,
Hindcha sari o`rab, meni chorla yorim ancha.
Hindcha va o`zbekcha tilda qo`shiq aytaveraman,
Otang Chopra sohib seni menga bermaguncha.
Puja, yetib boraman ertagacha,
Hindcha sari o`rab, meni chorla yorim ancha.
Hindcha va o`zbekcha tilda qo`shiq aytaveraman,
Otang Chopra sohib seni menga bermaguncha. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Puja
Xonanda:
Abror Azizov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016