• Abror Azizov - Yoningdaney

    Abror Azizov

    Yoningdaney

    Yoningdan-ey, yoningdan-ey,
    Ketolmayman yoningdan-ey. (x2)
    Ket desang, ado bo`laman-ey,
    Joy ber manga joningdan-ey. (x2)

    Yo`lingda man ovoraman,
    Suyib devona bo`ldim.
    Hammaga do`st, hamdam bo`lib,
    Sanga begona bo`ldim. (x2)

    Yoningdan-ey, yoningdan-ey,
    Ketolmayman yoningdan-ey. (x2)
    Ket desang, ado bo`laman-ey,
    Joy ber manga joningdan-ey. (x2)

    Kuyib-kuyib hajringda man,
    Orom-halovatim yo`q.
    Gulday qaddi-niholingni
    Ko`rib mastona bo`ldim. (x2)

    Xayolim-ey, xayolim-ey,
    Senda doim xayolim-ey. (x2)
    Ket dema, ado bo`laman-ey,
    Joy ber manga joningdan-ey.

    Ket dema, ado bo`laman-ey,
    Bo`laman-ey, bo`laman-ey.

    Noz-firog`ing dilimni pora qildi,
    Shod kunimni g`amga duchora qildi. (x2)
    Bilsang sani chindan sevgan edim man,
    Saning sevging mani bechora qildi. (x2)

    Yoningdan-ey, yoningdan-ey,
    Ketolmayman yoningdan-ey. (x2)
    Ket desang, ado bo`laman-ey,
    Joy ber manga joningdan-ey.

    Ket dema, ado bo`laman-ey,
    Bo`laman-ey, bo`laman-ey.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari