Abzal Husanov - Ko'z ilg'amas

Abzal Husanov

Ko’z ilg’amas

Eram bog`in makon tutgan
Ul sarvini ko`z ilg`amas,
Eram bog`in makon tutgan
Ul sarvini ko`z ilg`amas.

Bir san Diloromni dedim,
Boshqasini ko`z ilg`amas.
Lutf aylasa yuz ming bir pari,
Hech bittasini ko`z ilg`amas.

Ko`z olguvchi jamolingdin
Olam charog`on bo`ldi, yor. (x2)
Nuri chehrangdin samoning
Oftobini ko`z ilg`amas. (x2)

Bir san Diloromni dedim,
Boshqasini ko`z ilg`amas.
Lutf aylasa yuz ming bir pari,
Hech bittasini ko`z ilg`amas. (x2)

Qamar siymo yuzi monand,
Safobaxsh tun ichra hilol. (x2)
O`zga yulduz, sayyoralar
Yog`dusini ko`z ilg`amas. (x2)

Bir san Diloromni dedim,
Boshqasini ko`z ilg`amas.
Lutf aylasa yuz ming bir pari,
Hech bittasini ko`z ilg`amas. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’z ilg’amas
Xonanda:
Abzal Husanov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2016