Adham Soliyev - Borolmayman

Adham Soliyev

Borolmayman

Bugun sening to`ying kechasi,
Men to`yingga qandoq boraman?
Yig`lama, qalbimning erkasi,
Senga baxtlar tilab qolaman.

Qayg`ularga egmagin boshingni,
Ko`zlaringdan to`kmagin yoshingni.
Kechir mendek bag`ritoshingni,
Kechir jonim, meni kechirgin.

Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.
Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.

Seni jonu dildan sevgan edim-da,
Senga yuragimni bergan edim-da.
Bir umr yashay deb visol uyida,
Sendan qattiq umid qilgan edim-da.

Yolg`oningda qoldi yorug` kunlarim,
Sensiz qandoq o`tar endi tunlarim?
Hamma to`yingda bo`lsa sho`x-shodon,
Mening esa bugun yuragim yig`lar.

Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.
Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.

Bugun sening to`ying kechasi,
Men to`yingga qandoq boraman?
Yig`lama, qalbimning erkasi,
Senga baxtlar tilab qolaman.

Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.
Borolmayman, borolmayman,
Borolmayman sening to`yingga.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Borolmayman
Xonanda:
Adham Soliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2016