Adham Soliyev - Muhabbatiga yetolmaganlar

Adham Soliyev

Muhabbatiga yetolmaganlar

Baxt qushini tutolmaganlar,
Sevgi sinovidan o`tolmaganlar,
Endi oyga aytar dardini,
Muhabbatiga yetolmaganlar. (x2)

Ishq so`zini aytolmaganlar,
Ish qo`lini tutolmaganlar,
Ko`zlarida dard yashaydi,
Muhabbatiga yetolmaganlar.

Muhabbatiga yetolmaganlar,
Ham kechiblar ketolmaganlar.
Xotiralar bezor talpinib,
Muhabbatiga yetolmaganlar.

O`n yettiga kirmagan kim bor?
Bog`dan gullar uzmagan kim bor?
Sevib-sevib ham sevilib,
Sevgisiga yetmagan kim bor?

Yonib bo`lgan kulga o`xshaydi,
So`lib qolgan gulga o`xshaydi,
Vafosi yo`q dilga o`xshaydi,
Muhabbatiga yetolmaganlar.

Ishq so`zini aytolmaganlar,
Ish qo`lini tutolmaganlar,
Ko`zlarida dard yashaydi,
Muhabbatiga yetolmaganlar.

Muhabbatiga yetolmaganlar,
Ham kechiblar ketolmaganlar,
Xotiralar bezor talpinib,
Muhabbatiga yetolmaganlar. (x1+x1)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Muhabbatiga yetolmaganlar
Xonanda:
Adham Soliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016