Adham Soliyev - O'ynang checha qo'shiq matni, lyrics

Adham Soliyev

O’ynang checha

O`zbekiston elim-a,
Belbog`im boylab belim-a, (x2)
Elimning bayram to`yiga
Do`mbiram olib keldim-a. (x2)

Momom novvot bersin-a,
Yurakka quvvat bo`lsin-a,
Har bir o`zbek farzandi
Eliga to`ylar bersin-a.
Bersin-a, bersin-a,
Eliga to`ylar bersin-a.

O`ynang checha, o`ynang,
Akam bilan o`ynang.
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang.

Chechajonim, o`ynang,
Akam bilan o`ynang.
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang.

Buvalar yuzga kirsin-a,
Momolar yuzlashib yursin-a, (x2)
Nevaralari oldida-yey,
Quvalashib-a yursin-a.
Chevaralari oldida-yey,
Chuvalashib-a yursin-a.

Elimda to`ylar bo`lsin-a,
Uyimga mehmon kelsin-a,
Elimda to`ylar bo`lsin-a,
Uyimga mehmon to`lsin-a.
Bo`lsin-a, bo`lsin-a,
Qizlar kelin bo`lsin-a.

O`ynang checha, o`ynang,
Akam bilan o`ynang.
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang.

Chechajonim, o`ynang,
Akam bilan o`ynang.
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang.

Tog`larning sadosi yaxshi,
Bog`larning havosi yaxshi, (x2)
Bugun Qahhor baxshining
Do`mbira sadosi yaxshi. (x2)

Elimiz obod bo`lsin-a,
Alloh madad bersin-a, (x2)
O`zbek elning baxtiga
Yurtimiz omon bo`lsin-a.
Bo`lsin-a, bo`lsin-a,
Yurtimiz omon bo`lsin-a.

O`ynang checha, o`ynang,
Akam bilan o`ynang.
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang.

Bovam yuzga kirsin-a,
Momomga yuzlashib yursin-a,
Nevaralari oldida
Quvalashib-a yursin-a.

Elimda to`ylar bo`lsin-a,
Uyimga mehmon kelsin-a,
Bo`ydoqlar ham uylansin,
Qizlar kelin bo`lsin-a.

O`ynang checha, o`ynang,
Akam bilan o`ynang. (x2)
Bugun bayram, bugun to`y,
O`ynamaganiga qo`ymang. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ynang checha
Xonanda:
Adham Soliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 24, 2017