Oysuluv haqida bir qo’shiq
Aytmasam hech bo’lmaydi.
Sevishini aytolmay Oysuluv,
Enasining oldida yig’laydi. (x2)

Yig’lama, Oysuluv, yig’lama,
Yig’lasang, Oysuluv bo’lama?
Seni menga bermadilar,
Muhabbat ham shunday bo’lama? (x2)

Balki, do’stlar bu hayot
Sinadimi sabrimni?
Enasi qaydan bilsin-ey
Yurakdagi dardimni.

Balki, do’stlar bu hayot
Sinadimi sabrimni?
Otang bilmas, Oysuluv,
Yurakdagi dardimni.

Yig’lama, Oysuluv, yig’lama,
Yig’lasang, Oysuluv bo’lama?
Seni menga bermadilar,
Muhabbat ham shunday bo’lama? (x2)

Oysuluvni kuta-kuta
Gulim so’ldi qo’llarimda,
Oysuluv yig’lab qoldi
Samarqandning yo’llarida.

Qoshlaringga o’sma qo’y,
Ko’zlaringga surma qo’y,
Menday hofiz yigitni
Har zamonda eslab qo’y.

Yig’lama, Oysuluv, yig’lama,
Yig’lasang, Oysuluv bo’lama?
Seni menga bermadilar,
Muhabbat ham shunday bo’lama? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oysuluv
Xonanda:
Adham Soliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2016