Adham Soliyev - O'zbekman

Adham Soliyev

O’zbekman

Oq yaktagi yanglig’ oppoq murodi,
Har yaxshiga joni qurbon o’zbekman.
Asl urug’ – Sohibqiron zurriyodi,
Dovrug’i dunyoga doston o’zbekman. (x2)

Tinchlik degan bir maqsadda birlashib,
Yovdan kechib, do’stlar bilan dillashib,
Bu kun butun dunyo bilan tillashib-ey,
Yuksaklikda ko’ksi osmon o’zbekman. (x2)

Boqqa kirgim keladi, hay yor-yor, aylanay,
Gullar tergim keladi, gul yor-yor, aylanay. (x2)
Gullarimning hammasin, hay yor-yor, aylanay,
Yorga bergim keladi, gul yor-yor, aylanay. (x2)

Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay,
Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay.

Bog’im oldi gul hovuz, hay yor-yor, aylanay,
Gul tergani kelganmiz, gul yor-yor aylanay. (x2)
Gulni bahona qilib, hay yor-yor, aylanay,
Yor ko’rgani kelganmiz, gul yor-yor aylanay. (x2)

Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay,
Hay yor-yor aylanay, gul yor-yor aylanay.

Hay guldana, guldana, kimga bo’lding devona, (x2)
Jamolingga jetolmay, jigitlar bo’ldi armona. (x2)
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha,
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha.

Ey, boz-bozg’ana, bozg’ana, og’zingga chanqovuzg’ana, (x2)
Aka degan tovushing chanqovuzdan sozg’ana. (x2)

Hay guldana, guldana, kimga bo’lding devona, (x2)
Jamolingga jetolmay, jigitlar bo’ldi armona. (x2)
Haya-haya-haya-ha, uya-uya-uya-ha,
Uya-uya-uya-ha, haya-haya-haya-ha.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekman
Xonanda:
Adham Soliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2015