• Sovchi qo’ysam tegmayman deb
    Noz qildinga, hey, Sayyora!
    Otang seni bermayman deb
    Kuydirdiya, hey, Sayyora!

    Tegmayman deb yig’lama,
    Yig’lab ko’ngling to’lama?
    Senday qaysar qizgaya
    Uylanmasam bo’lama?
    Bo’lama, to’lama?
    Jilamaey, jilama!

    Sovchi qo’ysam tegmayman deb
    Noz qildinga, hey, Sayyora!
    Otang seni bermayman deb
    Kuydirdiya, hey, Sayyora!

    Laylo, sendan ko’nglim qolib
    Bormoqdaya, hey, tobora.
    Mening uchun bundan buyon
    Endi faqat-ey – Sayyora!

    Baland tog’dan keldim-da,
    Belbog’im bor belimda,
    Menday jigit kamdan kam
    Qashqadayro elingda, elingda!
    Baland tog’dan uylanay deb keldim-da.

    Sovchi qo’ysam tegmayman deb
    Noz qildinga, hey, Sayyora!
    Otang seni bermayman deb
    Kuydirdiya, hey, Sayyora!

    Sevganimga tegaman deb,
    Ado qildingku-ya, Sayyora!
    Sani sevmay man o’lay-a,
    Gado qildingku-ya, Sayyora!

    Yuzta qo’zim-qo’yim bor,
    Pahlavonday bo’yim bor,
    Ay, ketmasam bo’lmaydi,
    Samarqandda to’yim bor!
    Yuztagina qo’yim bora,
    To’yim bora, to’yim bor.

    Sovchi qo’ysam tegmayman deb
    Noz qildinga, hey, Sayyora!
    Otang seni bermayman deb
    Kuydirdiya, hey, Sayyora!

    Noz qildingku-ya, Sayyora,
    Ado qildingku-ya, Sayyora!