• Adi - Bahor fasli

    Adi

    Bahor fasli

    Bahor faslidir, gullar ochilgan,
    Kelgin, go’zal yorim-a, qilma intizor.
    Sensiz bu dunyo menga zulmat, qorong’u,
    Kelgin, mehribonim-a, qilma intizor.

    Sensiz bu dunyo menga zulmat, qorong’u,
    Kelgin, mehribonim-a, qilma intizor.

    Seni deb, mening kuyib-yonganim,
    Kecha-kunduz faqat seni o’ylayman.
    Kelgin, go’zal yorim, bo’lay fidoying,
    Husnu jamolingga-ya qarab to’ymayman.

    Kelgin, go’zal yorim, bo’lay fidoying,
    Husnu jamolingga-ya qarab to’ymayman.

    Kelgin, go’zal yorim, kelgin vafodorim,
    Kelgin, beray jonim-a, qilma intizor. (x2)

    Seni deb oldim qalam, ta’rifingni bitgani,
    Yo’q dema, menga yorim, juda qiynalgan jonim.
    Kelgin, go’zal yorim, kelgin vafodorim,
    Kelgin, beray jonim-a, qilma intizor.

    Kelgin, go’zal yorim, kelgin vafodorim,
    Kelgin, beray jonim-a, qilma intizor.

    Kelgin, olgin jonim-a, qilma intizor,
    Kelgin, beray jonim-a, qilma intizor. (x2)