Adi – Boylandim

Adi

Boylandim

O`tga tushgan gul bargidek yonar tanim,
Hasratlarim, armonlarim ko`pdur manim,
Holim ko`rib suyunadi bu kun g`anim,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. (x2)

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}

Dunyo nima, dunyo o`zi bozor ekan,
Mehr berib, siylagani ozor ekan,
Har bandaning borar joyi mozor ekan,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey.

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}

Muhabbatning qadriga yo yetmadimmi?
U boshlagan yo`llardan yo ketmadimmi?
Yurakkinam buyurganini bitmadimmi?
El ichida devonaga aylandim-ku,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ku.

O`tga tushgan gul bargidek yonar tanim,
Hasratlarim, armonlarim ko`pdur manim,
Holim ko`rib suyunadi bu kun g`anim,
El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey.

El ichida devonaga aylandim-ey,
Bir sanamga boylandim-ey, boylandim-ey. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boylandim
Xonanda:
Adi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 25, 2017