Adi – Sevasizmi

Adi

Sevasizmi

Yuzingdagi xolingdan o`rgiloyin-ey,
Sarviqomat bo`ylaringdan aylonaman-ey.
Shirin-shirin so`zlaringdan orom olsa bu jonim,
Ming oshiqdan oshiq bo`lib saylonaman-ey.

Shirin-shirin so`zlaringdan orom olsa bu jonim,
Ming oshiqdan oshiq bo`lib saylonaman-ey.

“Sevasizmi?”, desam, “Sevaman”, – dedi,
“Ishqingizda tanho kuyarman”, – dedi,
“Kutasizmi?”, desam, “Kutaman”, – dedi,
“Ishqingizda qonlar yutarman”, – dedi.

Dilim aytar: “Dilginangni ul yorga och,
Yo`llariga muhabbatdan gullaringni soch”.
Armonim yo`q, tashna ko`ngil ozorlanib “bo`l”, – dedi,
Yurakkinam: “So`roqlaring so`r”, – dedi.

Armonim yo`q, tashna ko`ngil ozorlanib “bo`l”, – dedi,
Yurakkinam: “So`roqlaring so`r”, – dedi.

“Sevasizmi?”, desam, “Sevaman”, – dedi,
“Ishqingizda tanho kuyarman”, – dedi,
“Kutasizmi?”, desam, “Kutaman”, – dedi,
“Ishqingizda qonlar yutarman”, – dedi. (x1+x1)

“Sevasizmi?”, desam, “Sevaman”, – dedi,
“Kutasizmi?”, desam, “Kutaman”, – dedi,
“Ishqingizda tanho yurarman”, – dedi.
“Kelasizmi?”, desam, “Kelaman”, – dedi,
“Ishqingizda qonlar yutarman”, – dedi.

“Ishqingizda qonlar yutarman”, – dedi…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevasizmi
Xonanda:
Adi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2017