Afruz guruhi - Kecha-kunduz

Afruz guruhi

Kecha-kunduz

Eslamagan kunim yo’qdir,
Izlamagan tunim yo’qdir,
Sening shahlo ko’zlaringni
Qo’msamagan kunim yo’qdir.

Seni ko’rgim kelar, go’zal,
Seni quchgim kelar asta,
To’yolmasman visolingga,
Vafoli yor bo’lgin menga.

Kecha-kunduz xayolimda,
Eslayman seni tonggacha.
Vafoli yor bo’lgin menga,
Qalbimdasan, yuragimda.

Kecha-kunduz xayolimda,
Eslayman seni tonggacha.
Vafoli yor bo’lgin menga,
Qalbimdasan…

Ko’zlaringga boqib-boqib,
Izlaringdan yurib-yurib,
Sening go’zal jamolingni
Ko’rolmayman to’yib-to’yib.

Oshiqligim chin ko’nglimdan,
Muhabbatim yuragimdan,
Aytolmasman ko’zlaringga
Vafoli yor bo’lgin menga.

Kecha-kunduz xayolimda,
Eslayman seni tonggacha.
Vafoli yor bo’lgin menga,
Qalbimdasan, yuragimda. (x2)

Kecha-kunduz xayolimda,
Eslayman seni tonggacha.
Vafoli yor bo’lgin menga,
Qalbimdasan…

Kecha-kunduz xayolimda,
Eslayman seni tonggacha.
Vafoli yor bo’lgin menga,
Qalbimdasan, yuragimda.

Yuragimda… Yuragimda… (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kecha-kunduz
Xonanda:
Afruz guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 10, 2015