Afsona - Aybim

Afsona

Aybim

Soyangizda gul ko’nglim so’ldi,
Yuragimga armonlar to’ldi. (x2)
Mehringizdan o’zga gul kuldi, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

Adashgandim balki qachonlar,
Armon dilga sochdi xazonlar. (x2)
Foyda bermas bu pushaymonlar, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

O’z-o’zimga gullar tutaman,
Sabrim qaqshab, dardim yutaman, (x2)
Bilmam, tokay baxtim kutaman,
Aybim sizni sevganim bo’ldi,
Aybim sizni sevganim bo’ldi.

Jannatmidi, jahannammi ishq,
Sevar ko’zlar yoki nammi, ishq? (x2)
Toleimda balki kammi ishq, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi.

Soyangizda gul ko’nglim so’ldi,
Yuragimga armonlar to’ldi.
Mehringizdan o’zga gul kuldi, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aybim
Xonanda:
Afsona
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2013