• Quchog`ingda baxtimni topdim,
    Koshonamni, taxtimni topdim. (x2)
    Aytar so`zim, ahdimni topdim,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Aytar so`zim, ahdimni topdim,
    Sahovatda otamsan Vatan.

    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sahovatda otamsan Vatan.

    Alla bilan tebrangan beshik,
    Jahonga yo`l ko`rsatgan eshik, (x2)
    Dilimdagi eng shirin navo,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Dilimdagi eng shirin navo,
    Sahovatda otamsan Vatan.

    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sahovatda otamsan Vatan.

    Farzandiga do`stu hamda yor,
    Kamolidan shodon, baxtiyor, (x2)
    Saodatga chorlovchi diyor,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Saodatga chorlovchi diyor,
    Sahovatda otamsan Vatan.

    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sadoqatda onamsan Vatan.
    Vatan, Vatan, Vatan,
    Sahovatda otamsan Vatan.