Mastona yurguncha g`ayri yurtlarda,
O`ynab-o`sgan o`z yurtingdan ayrilma.
Mag`rur kaklik kabi nafsing dardinda-ey,
Domga tushib, qanotingdan ayrilma!

Mag`rur kaklik kabi nafsing dardinda-ey,
Domga tushib, qanotingdan ayrilma!

Tavakkal et, xalqqa diling berib borin,
Sabr aylagin, sabrsizlik ham bekor. (x2)
Har joyga borsang ham, nasibangdir bor, hey,
Boy bo`lay deb, izzatingdan ayrilma. (x2)

Nomardlar ham muhannaslar, nochorlar,
Tuzingni yeb, ishing bo`lsa qocharlar. (x2)
Siringni fosh aylab, aybing ocharlar, {x2}
Ta`lim bergan ustozingdan ayrilma. {x2}

Gadolarning ko`ngli shohlik istayur,
Nomard tili yolg`on so`zni rost deyur.
Beqadrlar dushmaningga do`st bo`lur,
Qadring bilgan ulfatingdan ayrilma.

Kimlar nomard bo`lar, kimlar mard bo`lar,
Har kimsaning taqdirin Alloh bilar. (x2)
Boshga har ne kelsa, tilingdan kelar-ey,
Mahtumquli, xalq yodindan ayrilma. (x2)

Mastona yurguncha g`ayri yurtlarda,
O`ynab-o`sgan o`z yurtingdan ayrilma.
Mag`rur kaklik kabi nafsing dardinda-ey,
Qopqonga tushib, qanotingdan ayrilma!

Mag`rur kaklik kabi nafsing dardinda-ey,
Domga tushib, qanotingdan ayrilma! {x2}
Qopqonga tushib, qanotingdan ayrilma!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayrilma
Xonanda:
Ahror Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2015