Oyga ergashsagu, yerni ko`rmasak,
Peshonadan tomgan terni ko`rmasak. (x2)
Eldan olib tursagu, elga bermasak, {x2}
Yurtning bolasiman deganimiz bekor. {x2}

Ota obro`siga ko`ksimiz kerib,
Yursak yulduzlarni benarvon urib, (x2)
Nogoh yiqilsagu, ketmasak turib, {x2}
Mardning bolasiman deganimiz bekor. {x2}

Bir chimdim alamga qaddimiz buksak,
Nomard poyin o`pib, unga tiz cho`ksak, (x2)
Qizg`aldoq misoli bargimiz to`ksak,
Tog`ning lolasiman deganimiz bekor. {x2}

Bolamiz yig`lab tursa, ko`zga ilmasak,
Ota-ona motamida yig`lay bilmasak,
Daryolar to`lsa-yu, biz-chi to`lmasak,
Qalbning nolasiman deganimiz bekor. {x2}

Osmondagi har qanday bulut yomg`ir to`kolmas,
Mardning bolasini nomard bukolmas,
Do`stim, agar bizni elimiz tan olmas,
Elning bolasiman deganimiz bekor. {x2}

Oyga ergashsagu, yerni ko`rmasak,
Peshonadan tomgan terni ko`rmasak.
Eldan olqish olsagu, xizmatin qilmasak,
Eldan duo olsagu, xizmatin qilmasak,
Yurtning san’atkoriman deganimiz bekor,
Elning san’atkoriman deganimiz bekor.

Do`stim, agar bizni elimiz tan olmas,
Yurtning bolasiman deganimiz bekor. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bekor
Xonanda:
Ahror Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 8, 2016