Ahror Usmonov - Yodimdasan

Ahror Usmonov

Yodimdasan (Asl yorim)

Sendan uzoq ketdim, ko`nglim uzilmadi,
Muhabbatim imorati buzilmadi. (x2)
Buni kimdir bildi, kimdir bilmadi,
Armon bo`lgan asl yorim yodimdasan. (x2)

Parvonadir yo`llarimda ne-ne oy qizlar,
Baxtim bo`lib chorlaydilar shirmon yuzlar, (x2)
Lekin yurak hamon faqat seni izlar,
Armon bo`lgan asl yorim yodimdasan. (x2)

Ming so`qmoqqa yetakladi ishqning zayli,
Sendan ortiq emas ekan Shirin, Layli. (x2)
Hofiz bo`lib ketdim mana sen tufayli,
Beshariqlik asl yorim yodimdasan.

Endi qayta uchrashmasmiz, alvido yor,
Yuragimning eng tubida bir nido bor: (x2)
U dunyoda uchrashtirsin Parvardigor,
Armon bo`lgan asl yorim yodimdasan. (x2)

Sendan uzoq ketdim, ko`nglim uzilmadi,
Muhabbatim imorati buzilmadi,
Lekin baxtdan ko`zlarim ham suzilmadi,
Armon bo`lgan asl yorim yodimdasan.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yodimdasan (Asl yorim)
Xonanda:
Ahror Usmonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2016