Akbar va Sado ansambli - Hech kimga o'xshagim kelmadi

Akbar

Hech kimga o’xshagim kelmadi

Olimlar aro bir shoirman,
Lek yolg’on termalar termadim,
Ne yozsam, qalbimga doirman,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Ilm izlab, olimman demadim,
Garmsel shamoldek yelmadim,
Nomardning yeganin yemadim,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Egilib goh o’ngu so’liga,
Yurmadim shaytonning yo’liga,
Boqmadim baxlning qo’liga,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Nomiga tashlab ko’z qirimni,
Tilmadim hech kimning dilini,
Sotmadim sirdoshim sirini,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Kitob, she’r ko’ngilning mulkidir,
Olimlik, ilm el ko’rkidir,
Lek nechun qalbimda qayg’udir,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Suratim bir mening siyratim,
Goh mungli, goh o’ychan kuyladim,
Qalamim yurakka qayradim,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

Qaranglar o’g’limga, qizimga,
Ukamu singlim va izimga,
Hammasi o’xshaydi o’zimga,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

O’xshasam o’xshadim otamga,
Oppoq soch, sodda dil onamga,
Xoslatu hislat o’zbegimga,
Hech kimga o’xshagim kelmadi.

O’tinchim – birovga o’xshatmang,
G’iybatlar dog’ida kuydirmang,
She’r yozsam, shoirga tenglamang,
Hech kimga, hech kimga o’xshagim kelmadi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hech kimga o’xshagim kelmadi
Xonanda:
Akbar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 30, 2015