Akbar (Sado ansambli) - Ona Vatan qo'shiq matni, lyrics

Akbar

Ona Vatan

Qiyosing yo`q sening, o`zing bebaho,
Urayotgan yuragim kabi sen tanho.
Mehring daryodayin oqar qo`limda,
Bir kaft tuprog`ing aziz jonimdan.

Ardoqlayman seni qorachig`imday,
Saqlay nomusing singlim, yorimday.
Ey, muqaddas Vatan, sensan quyoshim,
Kam bo`lma, bolam, deb silaysan boshim.

Bobolarim ruhi bugun shod bo`ldi,
Ular kutgan hurlik yelkamga qo`ndi.
O`g`lingman baxtli, yorug`dir ertam,
Azizsan men uchun olamda, erkam.

Ardoqlayman seni qorachig`imday,
Saqlay nomusing singlim, yorimday.
Ey, muqaddas Vatan, sensan quyoshim,
Kam bo`lma, bolam, deb silaysan boshim.

Ardoqlayman seni qorachig`imday,
Saqlay nomusing seni singlim, yorimday.
Ey, muqaddas Vatan, sensan quyoshim,
Kam bo`lma, bolam, deb silaysan boshim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona Vatan
Xonanda:
Akbar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017