Akbar va Sado ansambli - O'zbek ayoli

Akbar

O’zbek ayoli

Qo’l ochadi tongdan duoga,
Sig’inadi Alloh Taologa.
Yuzin chayar shabnam ziyoga,
Uyaltirar oyni jamoli,
Momo Havo – o’zbek ayoli.

Yuragida so’nmas muhabbat,
Yaraladi ishqidan hayot.
Orzu-umid umriga qanot,
Hijronlarni haydar visoli,
Ko’ksi dunyo o’zbek ayoli.

Ona, singlim, yorim, qizim u,
Kelajakni ko’rar ko’zim u.
Chechak unar bosgan izi u,
Yeru ko’kni quchar xayoli,
Zukko, dono o’zbek ayoli.

Har qadami jannatning o’zi,
Dasturxonda qalbi – non, tuzi.
O’zbek nomin kalima so’zi,
Kunday, tongday kulgan iqboli,
Vahiy, nido – o’zbek ayoli. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbek ayoli
Xonanda:
Akbar
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 19, 2015