• Akrom Ibodullayev - Do'st qadri qo'shiq matni, lyrics

    Akrom Ibodullayev

    Do’st qadri

    Odamzorda odam asli noyobdir,
    Shoirning bu so`zi bizga kitobdir.
    Do`stga zor qilma, dеb bеjiz aytilmas,
    Umr gulshanida chin do`st oftobdir.

    Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Lеk do`sting bo`lmasa, ko`rgin o`zingdan,
    Bosgan izingdan, aytgan so`zingdan. {x2}

    Mol qadrin bilganga bozordir dunyo,
    Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
    Dunyoni ayblama qolganda yolg`iz,
    Do`st qadrin bilmasga ozordir dunyo.

    Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Lеk do`sting bo`lmasa, ko`rgin o`zingdan,
    Bosgan izingdan, aytgan so`zingdan. {x2}

    G`animatda dunyoda har bitta inson,
    Kimga do`st armon-u kimga yor armon.
    Do`stingdan ranjima, do`stni ranjitma,
    Gohida ko`nglingni qilsa ham vayron.

    Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Lеk do`sting bo`lmasa, ko`rgin o`zingdan,
    Bosgan izingdan, aytgan so`zingdan. {x2}

    But aylarsan agar kam-u ko`st topsang,
    Qaraysan mag`zdan oldin po`st topsang.
    Birodar oynadir birodar uchun,
    Asrashni o`rgangin yaxshi do`st topsang.

    Gar akang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Gar ukang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan,
    Lеk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan,
    Bosar izingdan-u aytar so`zingdan.